Bugun 26 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini “bosqin” deya atashdan bosh tortdi

AQSh Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini “bosqin” deya atashdan bosh tortdi

AQSh Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini “bosqin” deya atashdan bosh tortdi va Kiyevning harakatlarini Moskvaniki bilan tenglashtirdi — The Financial Times.

Nashr manbalariga ko‘ra, YEI Ukraina bilan birgalikda Rossiya qo‘shinlarining bostirib kirishini qoralaydigan rezolyusiyani tayyorlagan. Ushbu hujjat BMTning 193 a’zosi tomonidan 24 fevral kuni ovozga qo‘yiladi.

FT manbalarining aytishicha, AQSh rasmiylari Ukraina va Yevropa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan rezolyusiyani qaytarib olishga chaqirgan. Vashington o‘zining muqobil rezolyusiyasini ishlab chiqqan bo‘lib, unda Ukrainaning harakatlari Rossiyanikiga harakatlariga tenglashtirilgan hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro natijasida halok bo‘lgan insonlar o‘limidan afsuslanish bildirilgan. hukumati o‘z qarorlarini ishlab chiqdi, unda Ukraina harakatlarini Rossiya harakatlariga tenglashtirdi, shuningdek, "Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda insonlarning fojeali o‘lim"dan qayg‘uda ekanini bildirdi.

AQSh rasmiylarga ko‘ra, qarama-qarshilik BMT Xavfsizlik kengashigacha yetib borishi mumki. Bunday holatda AQSh Rossiya va Xitoy tomonga o‘tishi ehtimoli bor, G‘arbiy Yevropa davlatlari esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Xavfsizlik Kengashidagi ovoz berish 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:36 25.02.2025. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!