Bayden ma’muriyati Rossiya neftini olib ketayotgan tankerlarga qarshi choralar ko‘rayotganda Rossiya neft daromadlarini maqsad qilib qo‘ymoqda, deya xabar beradi Reuters manbaga tayanib.
Ularga ko‘ra, Rossiya Federasiyasidan neft tashuvchi kemalarga nisbatan G‘arb tomonidan bir barrel uchun 60 dollar qilib belgilagan shiftdan yuqori narxda sotiladigan “katta sanksiya paketi” joriy etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sanksiyalar, ehtimol, mavjud cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiya nefti savdosini tashkil qilishda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan choralarni o‘z ichiga oladi.
Bayden ma’muriyati 20-yanvar kuni saylangan prezident Donald Trampning inaugurasiyasi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Trampning sanksiyalarga munosabati qanday bo‘lishi noma’lum, deya aniqlik kiritadi Reuters.