Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi

AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar Savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, 16 sentyabrdan boshlab Xitoyning 23 ta, Turkiyaning 3 ta, BAAning 2 ta, Hindiston, Singapur va Tayvanning har biridan bitta kompaniyaga nisbatan yangi eksport cheklovlari kuchga kiradi.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Vashingtonga bu qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Bu Kremlning “harbiy mashinasi”ni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini yo‘q qilish yo‘lida yana bir muhim qadamdir. Sanksiyalar faqat kuchaytirilishi kerak", – deya ta’kidladi Yermak.

Kiritildi: 21:17 13.09.2025. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!