Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSH: Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaga yangi keng ko‘lamli zarbalar beradi

AQSH: Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaga yangi keng ko‘lamli zarbalar beradi

AQSh razvedkasiga ko‘ra, Rossiya strategik aviabazalarga uyushtirilgan hujumlarga javoban yaqin vaqt ichida keng ko‘lamli yangi zarbalar berishi mumkin. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. «AQSh rasmiylari Rossiyaning bu harakatga qarshi javobi hali oldinda, deb biladilar», — deyiladi maqolada.

Nashrning ismi oshkor etilmagan diplomatik manbasi bu safar hujum Ukrainadagi davlat muassasalariga yo‘naltirilishi mumkinligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu orqali Kiyevga «aniq signal» yuborish maqsad qilinmoqda. Harbiy tahlilchi Maykl Kofman Rossiya "Oreshnik" o‘rta masofali raketasi bilan Ukraina xavfsizlik xizmatlarining binosiga zarba berishini ehtimol sifatida keltiradi.

Yana bir yuqori lavozimli g‘arb diplomati Rossiyaning frontda yangi hujum harakatlari boshlanishini taxmin qilgan: «Bu hujum ulkan, shafqatsiz va qattiq bo‘ladi», — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning avvalgi yirik zarbasi 6 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirilgan edi.

Kiritildi: 13:52 08.06.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!