Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Rossiya-Xitoy harbiy ittifoqiga ishonmaydi

AQSh Rossiya-Xitoy harbiy ittifoqiga ishonmaydi

Rossiya va Xitoy G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQShga muvofiqlashtirish darajasini ko‘rsatish uchun qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni tobora ko‘paytirmoqda, deb xabar bermoqda CNN.

◼️Ayrim ekspertlarning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik darajasini NATO ittifoqchilarining harakatlarini muvofiqlashtirish bilan solishtirib bo‘lmaydi. Va agar XXR hukumati bunday operasiyani boshlashga qaror qilsa, rus qo‘shinlari Tayvanga ehtimoliy hujumda ishtirok etishi dargumon. Shu bilan birga, Rossiya bosqinchi Xitoy armiyasiga qandaydir yordam berishini ham inkor etib bo‘lmaydi.

◼️Rossiya va Xitoyning xalqaro maydondagi manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi. Masalan, Rossiya Xitoyning geosiyosiy raqibi Hindiston bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolishda davom etmoqda.

◼️Boshqa ekspertlarning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy, baribir, o‘z qurolli kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini oshirishga intilmoqda va bu borada muayyan integrasiyaga erishishga tayyor.

Kiritildi: 15:37 18.09.2024. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!