Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Rossiya va Xitoy nima uchun oltin jamg‘arayotganini tushuntirdi

AQSh Rossiya va Xitoy nima uchun oltin jamg‘arayotganini tushuntirdi

Rossiya va Xitoy kelajakda dollar zaxira puli bo‘lib qolmasligini kutib, oltin zaxiralarini yaratmoqdalar. De di Amerikalik moliyaviy ekspert. Bu haqida «Fox Business» telekanali xabar bermoqda.

«Euro Pacific Capital Inc» rahbari vazifasida faoliyat yurutuvchi ekspert Piter Shiffning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy rasmiylari «dollar endi zaxira puli bo‘lmaydigan vaqtga tayyorlanmoqda».

«Bloomberg»ning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Xitoyning oltin zaxirasi 1950 tonnadan oshadi, Rossiya esa, 2200 tonnadan ortiq oltin zaxirasi bilan dunyoda 5-o‘rinni egallaydi. 2018 yil dekabr oyidan boshlab Xitoy 100 tonna qimmatbaho metallarni sotib oldi, Rossiya bu yil zaxirasini 106 tonnaga oshirdi.

Oltinning jahon narxlari so‘nggi olti yil ichida maksimal darajaga ko‘tarilib, avgust oyida bir unsiya 1550 dollarga yetdi. Savdo urushlari va global iqtisodiyotning ahvoli bilan bog‘liq xavotirlar fonida oltin narxi ko‘tarilib bormoqda.

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 22:15 11.09.2019. O'qildi: 3618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!