Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Rossiya mudofaa sektori bilan bog‘liq kompaniyalarga sanksiya qo‘lladi

AQSh Rossiya mudofaa sektori bilan bog‘liq kompaniyalarga sanksiya qo‘lladi

AQSh mudofaa sektori bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiyaning 22 kompaniyasiga nisbatan bloklovchi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Oq uy.

«Bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orasida Rossiya mudofaa tuzilmalariga qarshi sanksiyalarni butunlay blokirovka qilish ham bor», — deyiladi Oq uy saytida chop etilgan press-relizda.

«Jami sanksiyalar Rossiyaning mudofaa bilan bog‘liq 22 ta tuzilmasiga, jumladan, jangovar samolyotlar, piyodalar jangovar mashinalari, elektron qurol tizimlari, raketalar, shuningdek, Rossiya harbiylari uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratuvchi firmalarga ta’sir qiladi», — deyiladi hujjatda.

Qayd etilganidek, AQSh Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari munosabati bilan yangi sanksiya choralarini joriy qilmoqda.

Shu hafta boshida Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays AQSh Ukrainaga nisbatan siyosatiga qarab Rossiyaga qarshi sanksiyalarni o‘zgartirishini aytdi.

«Ushbu iqtisodiy choralar Rossiya iqtisodiyotiga mojaroni tugatish uchun bosimga olib keladi. Agar bu sodir bo‘lsa, bu choralar mos ravishda kalibrlanadi. Agar bu sodir bo‘lmasa va Rossiya vaziyatni keskinlashtirishda davom etsa, bu choralar ham shunga qarab o‘zgaradi», - dedi u.

Fevral oyi oxirida AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.

Kiritildi: 17:22 03.03.2022. O'qildi: 2130 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!