Eng muhim sanksiyalar “Gazprombank”ga qarshi qaratilgan. Ushbu bank ilgari G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lmagan va shuning uchun Rossiya kompaniyalari xususan, “Gazprom” energetika kompaniyasi ushbu bankdagi o‘z hisob raqamlariga eksport qilinadigan tovarlar uchun dollar va yevroda to‘lovlarni qabul qilishni davom ettirishi mumkin edi. Putinning farmoniga ko‘ra, 2022 yil bahoridan boshlab xorijiy importchilar “Gazprombank”da maxsus hisob raqamlari shart edi.
Kecha “Gazprombank” SWIFT tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, lekin bugungi sanksiyalarda bu nazarda tutilmagan. Boshqa tomondan, oktyabr oyi oxirida Vashington Rossiya banklari bilan energiya tashuvchilari bilan bog‘liq operasiyalarga ruxsat berdi. Berilgan lisenziya 2025 yil 30 aprelgacha amal qiladi.
“Agroros bank”, “BKS-bank” va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi. Shuningdek, Rossiya Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosarlari Dmitriy Tulin va Vladimir Chistyuxin, Markaziy bank milliy to‘lov tizimi departamenti boshlig‘i Alla Bakina va moliya tizimi barqarorligi boshqarmasi boshlig‘i Yelizaveta Danilova ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.