AQSh Milliy razvedkasi saytida e’lon qilingan ogohlantirishda "Rossiyaga aloqador shaxslar" tomonidan qo‘poruvchilik tahdidining kuchayishi haqida so‘z boradi.
"Rossiya razvedkasi Amerika mudofaa sanoati korxonalari xodimlari orasidan insayderlarni va qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarni yollashi mumkin. Shu sababli harbiy-sanoat sektoridagi kompaniyalarni hushyorlikni oshirishga chaqiramiz. Rossiyaning qo‘poruvchilik harakatlari AQShning o‘zidagi va xorijdagi Amerika kompaniyalari uchun xavfni oshiradi", deyiladi Milliy razvedka xizmati bayonotida.
Ushbu bayonot Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tahdidlari fonida e’lon qilindi. Putin Rossiyaning o‘rta masofaga uchuvchi raketasi bilan Ukrainaga berilgan zarbadan keyingi videomurojaatida Moskva Ukraina harbiylari Rossiyaga zarba berishda qurolidan foydalanadigan mamlakatlarning harbiy ob’ektlariga zarba berish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytgan edi. Qayd etish joizki, bu davlatlar orasida AQSh ham bor.