Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Qobulga qo‘shimcha kuchlarini kirita boshladi

A A A
AQSh Qobulga qo‘shimcha kuchlarini kirita boshladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qobuldagi elchixonasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga qo‘shimcha kuchlarni kirita boshladi. Ularning asosiy qismi hafta oxirigacha shaharga joylashtiriladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Biz bir kun oldin e’lon qilganimizdek, bugun qo‘shinlarimizni harakatga keltirdik. Ayni paytda dengiz korpusi batalyonlaridan bir qismi Qobulda, qolgan kuchlar yaqin bir necha kun ichida yetib boradi", deydi AQSh Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Jon Kirbi.

Ma’lum bo‘lishicha, Amerika o‘zining Afg‘onistondagi fuqarolarni, birinchi navbatda diplomatlarini mamlakatdan olib chiqmoqchi. Bu ishni osonlashtirish maqsadida, Qobul aeroportiga vaqtincha 3000 askarini joylashtirmoqda.

https://ria.ru/20210814/afganistan-1745716949.html

Kiritildi: 10:42 14.08.2021. O'qildi: 5562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik