AQSh rasmiysi CNN telekanaliga yakshanba kuni prezident Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan Buyuk ko‘llar hududidagi yana bir noma’lum obyekt urib tushirilganligini ma’lum qildi.
Ob’ekt sakkizburchak shaklida bo‘lib, u Michiganning Yuqori yarimoroli ustidan 20 ming fut balandlikda uchib ketayotgan bo‘lgan va AQShning F-16 qiruvchi samolyotlari tomonidan yo‘q qilingan. Obyekt Guron ko‘lidan uchib o‘tayotganda zararsizlantirilgani aytildi.
Bu Shimoliy Amerika havo sarhadida aniqlangan uchinchi noma’lum obyektning yo‘q qilinishi hisoblanadi.