Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Qirg‘izistonning “Keremet Bank” bankiga qarshi Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun sanksiyalar kiritdi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bayonotida so‘z boradi.

AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, 2024 yilning yozidan beri bank o‘z harakatlarini Rossiya rasmiylari va AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan “Promsvyazbank” banki bilan muvofiqlashtirgan. Sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemasini amalga oshirish uchun “Keremet Bank” “Promsvyazbank” nomidan transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, "Keremet Bank” AQSh sanksiyalari ostida qolgan Markaziy Osiyodagi birinchi bankdir.

Kiritildi: 19:34 16.01.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!