Bu "narkotik kartellarga qarshi operasiyalar" o‘tkazish doirasida deyiladi Reuters axborot agentligi xabarida.
Ikki manbaga ko‘ra, samolyotlar kelasi hafta oxirigacha mintaqaga yetib kelishi kerak.
1 sentyabr kuni AQSh harbiy-havo kuchlarining 8ta harbiy kemasi va bitta atom suvosti kemasi Karib dengizida Venesuela qirg‘oqlari yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.
Qiruvchi samolyotlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror prezident Donald Trampning AQShda giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanayotgan guruhlarga qarshi kurashni kuchaytirish haqidagi va’dasi fonida qabul qilindi. Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, F-35 ning joylashtirilishi va harbiy ishtirokning kuchayishi AQShning Lotin Amerikasidagi uzoq davom etadigan kampaniyasining boshlanishi bo‘lishi mumkin.
AQShning ushbu faolligini Vnesuela prezidenti Nikolas Maduro so‘nggi 100 yil ichida mamlakatga bo‘lgan eng katta tahdid deb atab, mamlakatda safarbarlik e’lon qilgan.