AQSh prezidenti G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha sammit o‘tkaziladigan Sharm ash-Shayx shahriga keldi.
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Donald Tramp aeroportda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sissi kutib oldi.
"Sharm ash-Shayxda G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvini imzolashni rasman tasdiqlaydigan sammit boshlanmoqda. Misrda yig‘ilgan yigirmaga yaqin davlat rahbarlari orasida G‘arb, arab va musulmon mamlakatlari yetakchilari bor", deya xabar bermoqda telekanal.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha barcha tadbirlarga atigi ikki soat ajratilgan, biroq uning doirasida ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda New York Times gazetasi.