Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh prezidenti Isroil va Hizbulloh Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Isroil va Hizbulloh Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Isroil va Hizbulloh Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi.

Jo Bayden bu haqda Isroil va Livan bosh vazirlari bilan suhbatdan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti, shuningdek, kelishuv shartlarini bayon qilgan murojaat bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, hujjat 27 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da kuchga kiradi va 60 kun ichida Isroil Livan hududidan qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqib ketadi. Baydenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Fransiya va boshqa davlatlar bilan birgalikda mojaro tomonlariga "tinchlik kelishuvini amalga oshirish uchun zarur yordamni taqdim etadi".

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi mamlakat harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni ma’qullaganini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!