Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish to‘xtatilgan paytda Polshada 20 dan ortiq PAC-3 zenit raketalari, 20 dan ortiq Stinger ko‘chma zenit majmualari, Hellfire turidagi “havo-er” raketalari va 90 dan ortiq AIM-7 “havo-havo” raketalari mavjud bo‘lgan.
Pentagonning tushuntirishicha, Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish Vashington Kiyevga harbiy yordamni butunlay to‘xtatishini anglatmaydi.