"AQSh Pentagonning maxfiy ma’lumotlari oshkor etilishi uchun kim javobgar ekanligini bilmaydi", deya ma’lum qildi Oq uy. Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining ta’kidlashicha, "muhokama qilinayotgan hujjatlar umuman jamoat maydonida bo‘lmasligi kerak".
Kirbi shuningdek, Vashington va NATOning Ukraina Qurolli kuchlarini qarshi hujumga tayyorlash rejalariga oid maxfiy materiallarning sizib chiqishi AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga ta’sir qilmaganini qo‘shimcha qildi.