Oq uy yaqin orada Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda 5 dekabr, yakshanba kuni manbalarga tayanib CNN ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, gap amerikalik rasmiylarning Olimpiadada to‘liq ishtirok etmasligi haqida bo‘ladi. Bunday qaror amerikalik sportchilarni musobaqada qatnashish imkoniyatidan mahrum qilmaslik borasida Xitoyga aniq signaldir. Boykot shu hafta e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq Bayden jurnalistlarning ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab savollariga javob berishdan bosh tortgan edi.
Joriy yilning may oyida AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi xalqaro hamjamiyatni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini diplomatik boykot qilishga chaqirgandi. Uning fikricha, dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari musobaqalarda qatnashishdan tiyilishi kerak. Bunga XXR tomonidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida amalga oshirilgan ommaviy repressiya sabab bo‘lgan. Pekin bu kabi ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Ayni paytda AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi boykotga qarshi chiqdi.
XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.