AQSh Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi.
Sud Venesuela, Gaiti, Kuba va Nikaraguadan kelgan 532 mingga yaqin muhojirga vaqtincha berilgan huquqiy maqomni bekor qilish haqidagi iltimosnomani qondirdi.
Ilgari quyi instansiya sudlari mazkur harakatni rad etgan edi, chunki Ichki xavfsizlik vazirligi har bir holatni alohida o‘rganmaganini ta’kidlagan.