Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni to‘xtatdi

AQSh noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni to‘xtatdi

Tramp ma’muriyati Minneapolis, Minnesota shtatida noqonuniy immigrantlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha operasiya tugaganini e’lon qildi.

NBC News xabar berishicha, Prezidentning chegaralarni himoya qilish bo‘yicha koordinatori Tom Xoman bu haqda Minneapolisda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik va muhojirlarni hibsga olish operasiyalarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi "Operation Metro Surge" operasiyasini tugatish to‘g‘risidagi qarorga hissa qo‘shgan.

"Men ushbu operasiyani tugatishni taklif qildim va Prezident Tramp bunga rozi bo‘ldi", dedi Xoman.

U kuchlarni sezilarli darajada qisqartirish bu hafta boshlanib, keyingi hafta davom etishini aniqlik kiritdi. U jarayonni nazorat qilish uchun qisqa vaqt ichida shtatda qolish niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!