AQSh rasmiylari Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida kuzatilgan noma’lum dronlar ortida chet el aralashuvi turganiga ishonmaydi.
Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar ushbu holatlarni o‘rganishda davom etmoqda.
Bundan oldin Mayorkas Qo‘shma Shtatlar hukumati Nyu-Jersi polisiyasiga shtat osmonida aniqlangan noma’lum dronlarni bartaraf etishda yordam berayotganini aytdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aholi har yili AQSh osmonida minglab dronlarni ko‘radi.
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Nyu-Jersi va Nyu-York osmonida ko‘rinib turgan noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlarini, agar mamlakat rasmiylari ular haqidagi batafsil ma’lumotni oshkor qilmasa, urib tushirishni taklif qilgan edi.