Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh NATOdan chiqmoqchimi?

AQSh NATOdan chiqmoqchimi?

AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Tomas Massi mamlakatning NATOdan chiqishi haqida qonun loyihasini parlamentga kiritdi.

Uning aytishicha, alyans eskirgan, amerikalik soliq to‘lovchilarga qimmatga tushadi va millatni xorijdagi urushlarda ishtirok etish xavfiga qo‘yadi.

«NATO — bu sovuq urush davrining qoldig‘i. Biz NATOdan chiqishimiz va bu pullarni o‘z mamlakati­miz­ni himoya qilishga sarflashimiz kerak, sosialistik davlatlarni emas. NATO Sovet Ittifoqiga qarshi turish uchun yaratilgan, ammo u 30 yildan ortiq vaqt avval qulagan», — deb yozdi respublikachi.

Tashabbusda aytilishicha, NATO a’zoligi AQSh milliy xavfsizligi manfaatlariga mos kelmaydi. Qonun loyihasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Shimoliy Atlantika shartnomasining 13-moddasiga muvofiq, qonun kuchga kirganidan keyin 30 kundan kechiktirmay NATOga mamlakatning chiqishi haqida bildirishnoma yuborishi kerak.

Kongressmen ta’kidlashicha, AQSh Konstitusiyasi doimiy ravishda tashqi ishlar aralashuviga ruxsat bermaydi va Vashington «butun dunyoning xavfsizligini ta’minlashga majbur emas, ayniqsa boy davlatlar o‘z mudofaasi uchun to‘lashdan bosh tortgan bir paytda».

Massining partiyadoshi, Yuta shtati­dan senator Mayk Li AQSh Senatiga shu bilan bog‘liq S.2174 qonun loyihasini kiritdi.

Kiritildi: 13:22 11.12.2025. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik