AQSh G‘aznachilik kotibining birinchi o‘rinbosari Adevale Adeyemoning aytishicha, qarz shiftini oshirish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmoqda.
“Taraqqiyot bor. Bizning vazifamiz kelishuvga erishishdir, chunki defoltga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
23 may kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer defolt e’lon qilinsa, Qo‘shma Shtatlar uchun iqtisodiy oqibatlar haqida gapirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati davlat qarzining chegarasi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishmoqchi.