Qo‘shma Shtatlar Moldovaga huquq-tartibot idoralari tomonidan foydalaniladigan TETRA maxsus aloqa tizimini modernizasiya qilish va kengaytirish uchun 22 million dollar ajratdi.
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“AQSh hukumati Moldova Respublikasida maxsus TETRA aloqa tarmog‘ini modernizasiya qilish va kengaytirish uchun 22,3 million dollar ajratdi. Ushbu loyiha huquqni muhofaza qilish organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining aloqa imkoniyatlarini kengaytirib, ularni butun mamlakat bo‘ylab samarali, ishonchli va xavfsiz aloqa vositalari bilan ta’minlaydi”, - dedi AQSh Davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya.