AQSh milliy xavfsizligiga asosiy tahdidlar Xitoy, Eron va Ukrainadagi mojarolardir.
Bu haqda AQSh prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qilgan.
Uning fikricha, strategik nuqtai nazardan Vashingtonning Pekin bilan raqobati yaqin 10, 20 va 30 yil ichida dunyoni belgilab beradi. Qo‘shma Shtatlar uchun navbatdagi muhim muammo - Eron va uning proksi guruhlari.
Oq uy maslahatchisining ta’kidlashicha, Ukraina mojarosi AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan bu ikki tahdid o‘rtasida yotadi.