Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Milliy razvedkasi: Xitoy – eng yirik strategik raqib hisoblanadi

AQSh Milliy razvedkasi: Xitoy – eng yirik strategik raqib hisoblanadi

AQSh Milliy razvedka idorasi mamlakat uchun tahdidlar haqidagi hisobotida Xitoyni “Qo‘shma Shtatlarning eng qudratli strategik raqibi” deb atadi. Hujjatda qayd etilishicha, Pekin iqtisodiy, texnologik va harbiy sohalarda jahon yetakchiligini qo‘lga kiritishga intilayotgani Vashington uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Shuningdek, hisobotda Xitoy Tayvan bo‘yicha ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik ko‘rayotgani, buning uchun harbiy salohiyatini oshirayotgani ta’kidlangan.

AQSh razvedkasining qayd etishicha, Pekin Vashington Xitoyni har tomonlama jilovlash va Xitoy Kommunistik partiyasining mavqeini zaiflashtirishga harakat qilmoqda, degan fikrni ilgari surmoqda.

Kiritildi: 23:05 25.03.2025. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!