AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Meksikadagi narkokartellar infratuzilmasiga dronlar yordamida hujum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda NBC News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Zarbalar Meksikaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda, chunki dronlardan foydalanish uchun Meksika rasmiylarining ruxsati kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, bir tomonlama, ya’ni Meksika hukumati bilan kelishilmagan harakatlar varianti ham o‘rganilmoqda, biroq Amerika ma’muriyatining aksariyat vakillari bunga qarshi chiqmoqda.
Shu bilan birga, AQSh hukumati Meksika hududida uning roziligisiz narkokartellarga qarshi maxfiy operasiyalar o‘tkazilishini istisno qilmaydi.