To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng AQSH-Meksika chegarasidagi chegara devorini qurish bo‘yicha ishlar qayta boshlandi.
AQSh va Meksika chegarasida devor qurish AQShning 45-prezidenti Donald Trampning saylovdan oldingi eng katta va’dasi bo‘lgan. U devor AQShni noqonuniy migrantlar oqimidan himoya qilishini aytgan. AQShning 46-prezidenti Jo Bayden 2021 yil yanvar oyida o‘z lavozimiga kirishgandan so‘ng bu qurilishni bekor qildi, shundan so‘ng devorni moliyalashtirish to‘xtagandi.