AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Baydenni qo‘riqlash vazifasi yuklatilgan Maxsus xizmat agenti Filadelfiya xalqaro aeroportida tasodifan o‘z oyog‘iga o‘q uzib qo‘ydi.
Bu haqda Associated Press nashri yozmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Bayden xonim voqea joyi yaqinida bo‘lmagan.
Tana soqchisi shifoxonaga yetkazilgan. Uning holati barqaror deb baholanmoqda.
Mazkur hodisa aeroport ishiga ta’sir ko‘rsatmadi.