Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi

AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi

AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Donald Trampga golf klubidagi ehtimoliy suiqasddan so‘ng, 15 sentyabrda Mask X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan birining "Nega ular Donald Trampni o‘ldirmoqchi?" degan postiga "Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti" deb javob yozgan.

Foydalanuvchilar Maskni tvitni o‘chirishga chaqirgan, biroq u buni rad etgan. Ertasi kuni Mask tvitni o‘chirib tashladi va bu hazil ekanligini da’vo qildi.

Axios'ning qayd etishicha, surishtiruv jarayoni Ilon Maskning hech qanday javobgarlikka tortilishini anglatmaydi, lekin u Jo Bayden yoki Kamala Harrisga tahdid solmasligini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 09:53 20.09.2024. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!