Respublikachilar partiyasi yetakchisi Kevin MakKartini AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri etib saylash uchun o‘tkazilgan ovoz berish ketma-ket oltinchi marta muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Vakillar palatasi a’zolari ikki kundan beri spikerni tanlay olmayapti, deb xabar bermoqda Reuters.
Ovoz berishning so‘nggi bosqichi yakuniga ko‘ra, Makkarti 201 nafar respublikachi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Unga g‘alaba qozonish uchun 218 ta ovoz yetmadi.
Respublikachilar partiyasining yana bir vakili Bayron Donalds partiyadoshlaridan 20 ta ovoz to‘pladi. Yana bir respublikachi nomzodni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Barcha demokratlar Vakillar palatasida o‘z partiyasi yetakchisi Hakim Jeffrisga ovoz berdi.
Yana bir muvaffaqiyatsiz raunddan keyin kongressmenlar yangi ovoz berishni 5 yanvar kuni tushgacha qoldirishga qaror qilishdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden vaziyatni izohlar ekan, Vakillar palatasi spikeri saylanish jarayoni cho‘zilib ketganini sharmandalik deb bilishi, shu sababli AQSh Kongressi quyi palatasi ishi falaj bo‘lib qolganini ta’kidladi.
“Kongress ishlay olmaydigan vaziyat shunchaki sharmandali. Biz dunyodagi eng buyuk davlatmiz. Bu qanday bo‘lishi mumkin?" — dedi Bayden.