Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Isroilga o‘zini ehtimoliy xavflardan himoya qilishga yordam berishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Jon Fayner CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi .
Rasmiyning ta’kidlashicha, Isroil 2024 yil 13 aprelda ommaviy hujum va Eron bilan urush tahdidi tufayli favqulodda vaziyatga duch kelganida , AQSh va uning ittifoqchilari «Isroilga o‘zini himoya qilish va tahdidni yengishda yordam berish uchun birlashgan».
«Agar kerak bo‘lsa, biz buni yana qilishga tayyorlayapmiz», dedi Fayner.