Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Iroqda xavotirlanishga asos topmadi

AQSh Iroqda xavotirlanishga asos topmadi

Iroq rasmiylari AQShning Bag‘doddagi elchixonasi xodimlarini evakuasiya qilishni talab qiladigan mamlakatdagi xavfsizlik muammolarini qayd etmagan. Bu haqda INA axborot agentligi mamlakat hukumatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

"Iroq tomoni AQSh elchixonasining muhim bo‘lmagan xodimlarini evakuasiya qilishni talab qiladigan hech qanday xavfsizlik hodisasini qayd etmadi", dedi agentlik manbasi.

Manbaning qayd etishicha, AQSh elchixonasining ayrim xodimlarining evakuasiya qilinishi nafaqat Bag‘dod, balki AQShning Yaqin Sharqdagi boshqa diplomatik vakolatxonalariga ham ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Yaqin Sharqdagi barcha bazalari to‘liq shay holatga keltirilgani xabar qilingandi. Pentagon yadroviy muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Erondan ehtimoliy zarba kutmoqda.

Kiritildi: 08:50 12.06.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!