AQSh hukumati Guantanamo qamoqxonasida hibsda saqlab kelingan 11 nafar mahbusni ozod etdi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, gap yamanlik mahbuslar haqida ketmoqda.
Idora ma’lum qilishicha, «Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi manfaatlari» uchun ular Yamanga qo‘shni O‘mon davlatiga yuboriladi. AQSh administrasiyasi Guantanamodagi mahbuslar sonini qisqartirish va ushbu qamoqxonani yopish maqsadiga erishishda yordam bergan O‘mon hukumatiga minnatdorchilik bildiradi.
The New York Times’ning yozishicha, 11 nafar yamanlikka ayblovlar e’lon qilinmagan, ammo ular o‘z vatanidagi fuqarolik urushi sabab deportasiya qilinmay kelingan.
2024 yil dekabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Guantanamoning to‘rt nafar mahbusini ozod etgandi. Hozirda ushbu qamoqxonada 15 mahbus qolmoqda, ular orasida 2001 yil 11 sentyabrdagi terakt tashkilotchilaridan sifatida gumonlangan Holid Shayx Muhammad ham bor.