Bunga Amerika aviakompaniyalariga tegishli uchta samolyot Gaiti poytaxti Port-o-Prensga qo‘nish va uchish vaqtida o‘qqa tutilgani sabab bo‘ldi. Hujumlar 2021 yildan beri davom etib kelayotgan hukumat inqirozi sharoitida poytaxtning asosiy qismini nazorat qilayotgan qurolli guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Barcha hujumlar 11 noyabr kuni amalga oshirilgan.
Samolyotlarning o‘qqa tutilishi qurolli guruhlarning Gaiti o‘tish davri kengashining yangi bosh vazir tayinlash qaroriga norozilik javobi bo‘lishi mumkin. Yangi bosh vazir tayinlangani to‘g‘risidagi qaror 11 noyabr kuni ertalab e’lon qilingan edi.