Kesh Patelning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, FQB Kesh Patel va Syuzan Uaylsning 2022 va 2023 yillardagi telefon suhbatlari yozuvlarini so‘ragan, u paytda ularning ikkalasi ham jismoniy shaxs bo‘lgan. Hozirda Patel FQB direktori, Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari lavozimida ishlamoqda. Patel bu holatni AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati amaldorlari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qiliganiga misol sifatida aytib o‘tdi.
Patel FQBning avvalgi rahbariyati uning va Oq uy ma’muriyati rahbari Syuzan Uaylsning yozuvlarini turli bahonalar bilan yashirincha so‘raganligi juda xavotirli ekanini bildirgan.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, jurnalistlar Kesh Patel bayonotlarining ko‘plab tafsilotlarini mustaqil ravishda tasdiqlay olishmagan.