Rossiya bilan munosabatlarni tiklash uchun AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilarining Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha fikrlarini e’tiborsiz qoldirib, prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern ma’lum qildi.
"AQSh farsni boshdan kechirishga majbur - yevropaliklarni tinglab, ularning fikriga e’tibor bermay, Rossiya bilan muzokaralar olib boradi va yevropaliklarni ham, Zelenskiyni ham chetga suradi. Menimcha, aynan shunday bo‘ladi", - dedi u.
Ekspert fikricha, Vashington Moskva bilan munosabatlarni normallashtirishdan jiddiy manfaatdor. MakGovernning ta’kidlashicha, AQShning yangi milliy xavfsizlik strategiyasida ko‘rsatilgan ustuvorliklarning o‘zgarishi aynan shu sababdir.