Qo‘mondonlikka ko‘ra, hujumlar KSIRning Hurmuz bo‘g‘ozida savdo kemalari va mintaqaga joylashtirilgan amerikalik harbiylarga qarshi hujum qilishga uringaniga javob bo‘lgan.
Bu AQSh va Eron o‘rtasida bir oydan ortiq vaqt ichidagi birinchi o‘zaro zarba almashinuvidan keyingi yangi hujumdir. Avvalroq Eron Iordaniya va BAAdagi Amerika harbiy ob’ektlariga raketa zarbalari berganini, AQSh esa Eronning Larak orolidagi raketa qurilmalariga hujum qilganini bildirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning keyingi harakatlari «juda cheklangan» bo‘lishini aytdi. U Eronning harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga katta zarar yetkazilganini ta’kidladi.
Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi ochiq ekanini aytgan bo‘lsa-da, kemalar harakati urushdan oldingi darajaga nisbatan ancha pasaygan.
Avvalgi zarbalardan so‘ng jahon neft narxlari qariyb 3 foizga oshgan, AQSh fond bozorlarida esa pasayish kuzatilgan.