AQSh harbiylari Islom Respublikasining Hormuz bo‘g‘ozida uchta kemaga hujumlariga javoban Eronga qarshi bir qator kuchli zarbalar berdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"Markaziy qo‘mondonlik kuchlari Eronga qarshi bir qator kuchli zarbalar berdi. AQSh zarbalari Eronning Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan uchta tijorat kemasiga hujumlariga javoban amalga oshirilmoqda. Eronning tajovuzi asossiz, xavfli va sulhni ochiqchasiga buzish edi", deb aytdi CENTCOM.
Avvalroq, 7 iyul kuni AQSh G‘aznachilik departamentining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Erondan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish va sotishga ruxsat beruvchi lisenziyani bekor qilganini e’lon qildi.