The Washington Post nashrining xabar berishicha, Vashington Eronni urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga majburlash maqsadida mintaqaga qo‘shimcha kuchlar yuboryapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "USS George HW Bush" aviatashuvchi kemasi va boshqa harbiy kemalardan 6000 nafar harbiy xizmatchi, oy oxirigacha esa yana 4200 kishi mintaqaga yetib kelishi mumkin. Ushbu harakatlar 22 aprelda yakunlanadigan ikki haftalik sulh davriga to‘g‘ri kelyapti.
Pentagon, shuningdek, Eron hududida quruqlikdagi operasiyalarni o‘tkazish, jumladan, yadroviy materiallarni olib chiqish, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini himoya qilish uchun dengiz piyodalarini qirg‘oqqa tushirish va Eronning asosiy neft eksporti terminali bo‘lgan Xarg orolini egallash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. AQSh hozircha ushbu ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirmadi.