Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Erondagi namoyishchilarga kontrabanda yo‘li bilan bir necha mingta Starlink terminallarini yetkazib bergan

AQSh Erondagi namoyishchilarga kontrabanda yo‘li bilan bir necha mingta Starlink terminallarini yetkazib bergan

AQSh Erondagi namoyishchilarga kontrabanda yo‘li bilan bir necha mingta Starlink terminallarini yetkazib bergan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashingtonning yordami bilan Eronga taxminan 6 mingta Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi terminallari olib kirilgan. Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir necha oy ichida AQSh Davlat departamenti qariyb 7 mingta Starlink terminalini xarid qilgan, ularning aksariyati yanvar oyida sotib olingan.

Eron hukumati keng ko‘lamli norozilik namoyishlari fonida mamlakatda internet aloqasini cheklab qo‘ygandi.

Kiritildi: 23:53 12.02.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!