Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Eron kemalariga qarshi operasiyasini kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eron kemalariga qarshi operasiyasini kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Yaqin Sharqdan tashqaridagi xalqaro suvlarda Tehron bilan bog‘liq kemalarni musodara qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri AQSh rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

"Yaqin kunlarda AQSh harbiylari Eron bilan bog‘liq neft tankerlariga chiqishga va xalqaro suvlarda savdo kemalarini musodara qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, shu bilan o‘zining dengiz operasiyasini Yaqin Sharqdan tashqariga kengaytirmoqda", deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, Vashingtonning Tehronga iqtisodiy bosimni kuchaytirish qarori Eronni Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishga va ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar mavzusi bo‘lgan yadroviy dasturi bo‘yicha yon berishlarga majburlashga qaratilgan.

Avvalroq Eron harbiy qo‘mondonligi (Xatam al-Anbia) markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfag‘ariy Eron qurolli kuchlari Hormuz bo‘g‘ozi ustidan harbiy nazoratni tiklaganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!