Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressga chaqirildi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressga chaqirildi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi bo‘yicha guvohlik berish uchun Kongressga chaqirildi.

AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol 19 sentyabr kuni Blinkendan guvohlik berishni talab qildi. Davlat kotibi buni rad etsa Kongressga hurmatsizlikda ayblanadi.

Davlat departamentining ta’kidlashicha, Blinken hozirgacha Kongress oldida Afg‘oniston bo‘yicha 14 martadan ko‘proq guvohlik bergan.

Respublikachilar, jumladan, Donald Tramp 2021 yil avgustida Afg‘onistondan qo‘shinlarning tartibsiz ravishda olib chiqilishida Jo Bayden ma’muriyatini ayblamoqda. O‘sha vaqtda Kobul aeroportidagi terakt natijasida 13 nafar amerikalik harbiy xizmatchi va 170 ga yaqin Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 21:35 04.09.2024. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!