Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Davlat departamentida ommaviy ishdan bo‘shatishlar bugundan boshlanishi mumkin

AQSh Davlat departamentida ommaviy ishdan bo‘shatishlar bugundan boshlanishi mumkin

AQSh Davlat departamentida 11 iyul, juma kunidan boshlab keng ko‘lamli xodimlarni qisqartirish boshlanishi mumkin.

Bu haqda Semafor portali xabar berdi. Uning guvohligiga ko‘ra, "Davlat departamenti xodimlari juma kunidanoq ommaviy ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda".

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda departamentni qayta tashkil etish rejasi amalga oshirish bosqichiga kirayotganini tasdiqladi. "Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan ma’qullangan va AQSh Kongressi hamda tashqi siyosat departamenti xodimlarining munosabatini faol hisobga olgan holda ishlab chiqilgan reja amalga oshirish tomon ketmoqda", dedi Bryus.

Rubio aprel oyi oxirida e’lon qilganidek, Donald Tramp boshchiligidagi AQShning amaldagi ma’muriyati, birinchi navbatda, byurokratik apparatni qisqartirish maqsadida AQSh Davlat departamentini "to‘liq qayta tashkil etish" ni amalga oshiradi. The Washington Post gazetasining yozishicha, Rubio rejasiga, jumladan, Davlat departamentining o‘n minglab xodimlarini (taxminan 80 mingdan) ishdan bo‘shatish, shuningdek, bir necha konsulliklarni yopish va tashqi siyosat bo‘limining ayrim dasturlari kiradi. Taxminlarga ko‘ra, tashqi siyosat bo‘limi markaziy apparati xodimlarining 15 foizga yaqini (taxminan 3400 kishi) ishdan bo‘shatiladi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!