Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti: "Turkiya Suriyadagi kelishuv uchun o‘z ta’siridan foydalanishi kerak"

AQSh Davlat departamenti: "Turkiya Suriyadagi kelishuv uchun o‘z ta’siridan foydalanishi kerak"

AQSh ma’muriyati Anqara Suriyadagi vaziyatni tartibga solish uchun o‘z ta’siridan foydalanishi kerak, deb hisoblaydi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qilgan.

“Kecha AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan telefon orqali suhbatlashdi... Mintaqadagi davlatlar vakillari bilan bo‘lgan barcha suhbatlarimizda biz har bir davlatni o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirishda davom etamiz va buning uddasidan chiqishga harakat qilamiz. Biz barcha davlatlar o‘z ta’siridan foydalanishni, vaziyatni pasaytirish, tinch aholini himoya qilish va pirovardida siyosiy jarayonni rivojlantirishni istaymiz” - dedi diplomat.

Miller AQShning Suriya prezidenti Bashar al-Assadga nisbatan siyosati o‘zgarmaganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, u Vashington uning o‘z lavozimini tark etishini xohlaydimi yoki yo‘qmi, bunga oydinlik kiritishdan bosh tortdi.

Bugun Arab Respublikasi Mudofaa vazirligi Suriya harbiy-havo kuchlarining Idlib va Xama hududlariga bergan zarbalari natijasida o‘nlab jangarilar yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 05:39 03.12.2024. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!