"Ushbu kelishuv doirasida Isroilga berilishi rejalashtirilgan ayrim qurol-yarog‘lar Qo‘shma Shtatlarning joriy zaxiralaridan yetkazib berilishi mumkin. Ammo ko‘pchilik qurollar bir yil yoki hatto bir necha yildan keyin yetkaziladi", deb xabar beradi Associated Press.
Paketga AIM-120C-8 AMRAAM “havo-havo” sinfidagi raketalar, 155 mm artilleriya snaryadlari, zarba beruvchi vertolyotlar uchun Hellfire AGM-114 raketalari, kichik o‘lchamli bombalar va JDAM boshqaruv tizimlari kiritilgan.
2023 yil 7 oktyabrda Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida urush boshlanganidan beri AQSh Isroilga kamida 17,9 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatdi.