AQSh Davlat departamenti 20 ga yaqin Gruziya fuqarosiga mamlakatdagi "demokratiyaga putur yetkazgani" uchun viza cheklovlari kiritilganini e’lon qildi.
"Cheklovlar taxminan 20 kishiga, jumladan hukumat vazirlari va parlament a’zolari, huquq-tartibot va xavfsizlik organlari xodimlari, shuningdek, jismoniy shaxslarga ta’sir qiladi", deyiladi bayonotda.
Unda “Gruziya orzusi” partiyasining Gruziya fuqarolariga, jumladan namoyishchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, huquq himoyachilari va muxolifat vakillariga nisbatan shafqatsiz va asossiz zo‘ravonliklari qoralanadi.
"Biz Gruziya xalqi bilan birgalikda Yevro-Atlantika hamjamiyatiga mustahkam integrasiyalashgan kuchli, farovon va demokratik Gruziyani ko‘rmoqchimiz. Bizning bugungi xatti-harakatlarimiz AQShning qat’iyatini ko‘rsatadi va “Gruziya orzusi”ga aloqador 100 dan ortiq shaxslar va ularning oila a’zolariga nisbatan ilgari e’lon qilingan chora-tadbirlarga qo‘shimchadir", deya qo‘shimcha qildi Davlat departamenti.