Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Bayden cheklovlarini bekor qiladi

A A A
AQSh Bayden cheklovlarini bekor qiladi

AQSh Savdo vazirligi mamlakatning avvalgi prezidenti Jo Bayden davrida sun’iy intellekt chiplari eksporti hajmiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.

Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

"Sun’iy intellektni tarqatish qoidasi" (AI Diffusion Rule), jumladan, shtatlardagi innovasiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va o‘nlab mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarga putur yetkazishi mumkinligi sababli bekor qilinmoqda. [AQSh prezidenti Donald] Tramp ma’muriyati butun dunyo bo‘ylab ishonchli xorijiy davlatlar bilan Amerikaning sun’iy intellekt texnologiyalariga nisbatan dadil, inklyuziv strategiyani amalga oshiradi, bu texnologiyalarga dushmanlarimizni yaqinlashtirmaydi," - dedi AQSh savdo vazirining sanoat va xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Kessler.

Savdo vazirligi, shuningdek, Xitoyning Huawei kompaniyasining Ascend sun’iy intellekt chiplaridan foydalanish "dunyoning istalgan nuqtasida AQSh eksport nazorati choralarini buzayotganini" ta’kidladi.

Kiritildi: 17:27 14.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!