Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Apple, Google, Telegram va boshqalarga tegishli 16 milliard login va parollar internetga sizib chiqdi — Forbes

Apple, Google, Telegram va boshqalarga tegishli 16 milliard login va parollar internetga sizib chiqdi — Forbes

"Cybernews va Keeper Security tadqiqotchilari “tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi” haqida xabar berdi: 16 milliard login va parollar ommaga oshkor bo‘ldi. Ular orasida Apple, Google, Telegram va GitHub kabi tarmoqlar, VPN va hukumat portallari bor. Bu sizib chiqish ortidan fishing hujumlari va akkauntlarni o‘g‘irlash boshlanishi mumkin", deyiladi xabarda.

Yil boshidan beri mutaxassislar internetda yangi ma’lumotlar massivlarining paydo bo‘lishini kuzatmoqda. So‘nggi 6 oy ichida har biri 10 milliondan 3,5 milliardgacha yozuvni o‘z ichiga olgan 30 ta alohida ma’lumotlar bazasi paydo bo‘ldi. Ularning aksariyati zararli o‘g‘ri-dasturlardan, shuningdek, ochiq yoki yomon himoyalangan bulutli xotiralardan to‘plangan. Va bu yangi ma’lumotlar bo‘lib, ularning aksariyati shunday tuzilgan: avval veb-sayt manzili, keyin login va parol keladi.

Tadqiqotchilarning fikricha, sizib chiqishlarning hammasi ham hakerlik hujumlari bilan bog‘liq emas – ba’zida bulutli xizmatlarning noto‘g‘ri sozlanganligi yoki foydalanuvchilarning o‘z e’tiborsizligi tufayli ma’lumotlar internetga chiqib ketadi.

Mutaxassislar parollarni muntazam ravishda o‘zgartirishni, parol menejerlaridan foydalanishni va iloji bo‘lsa, imkon qadar kirish kalitlariga o‘tishni maslahat bermoqda.

Kiritildi: 12:34 20.06.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!