Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

APLda kelasi mavsumdan irqchilik va boshqa kamsitishlar uchun qator jazolar joriy etiladi

A A A
APLda kelasi mavsumdan irqchilik va boshqa kamsitishlar uchun qator jazolar joriy etiladi

Angliya futbol assosiasiyasi (AFA) kelasi mavsumdan boshlab irqchilik va boshqa kamsitish shakllari uchun jazolovchi yangi qoidalar joriy qilinishini e’lon qildi.

Klublar turli xil kamsitishlar, jumladan, muxlislarining haqoratli qichqiriqlari uchun ham jazolanishadi. Bunday qonunbuzarlik stadionning qisman yoki butunlay yopilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, futbolchilar va murabbiylar raqib a’zolariga kamsituvchi xatti-harakatlar amalga oshirishsa, 6tadan 12ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilinadi. Agar bunday holatlar ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilsa, minimal diskvalifikasiya 3ta o‘yinni tashkil qiladi.

Kiritildi: 08:20 08.08.2020. O'qildi: 2593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!